Raphaël Varane
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Raphaël Varane | ||
Tavallud sanasi | 25-aprel 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Lil, Fransiya | ||
Boʻyi | 191 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Laqabi | "Don Limpio" (Janob toza oʻyin) | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 19 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2010 | Lans | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2011 2011 — 2021 2022-h.d Manchester Yunaytid |
Lans Real Madrid |
(23 (2) 9 (1)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2011 2011- |
Fransiya U-18 Fransiya U-21 |
(2 (1) 9 (1)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Rafael Varan (fransuzcha: Raphaël Varane; 25-aprel 1993, Lil, Fransiya) — fransiyalik futbolchi, Angliyaning „Manchester United F.C. “ jamoasi oʻyinchisi. Markaziy himoya chizigʻida oʻynaydi, lekin u himoyachi va tayanch yarim himoyachi chizigʻida ham oʻynay oladi.
Jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Lans"
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 6-noyabrda „Lans“ning asosiy jamoasiga „Monpelye“ jamoasiga qarshi oʻyinga chaqirildi. U hafta davomida jamoa bilan birgalikda mashgʻulot olib bordi va asosiy tarkibdagi markaziy himoyachi Allaydin Yaxya jarohat olganligi sababli Varan asosiy tarkibda maydonga tushdi. U oʻsha oʻyinda 90 daqiqa harakat qildi va jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi ikki „Marsel“ va „Lil“ bilan boʻlgan uchrashuvlarda Varan boshqa yosh oʻyinchilar qatorida zahira oʻrindigʻida oʻtirishga majbur boʻldi.
"Real Madrid"
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchta yarim himoyachi bilan shartnoma imzolagandan soʻng, „Real Madrid“ himoya chizigʻini ham kuchaytirish uchun yosh fransuz Rafael Varan bilan shartnoma imzoladi. 2011-yil 27-iyunda Varan „Real“ bilan 6-yillik shartnoma imzoladi.
2011/12 mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Varan Ispaniya chempionatidagi debyutini „Rasing“ga qarshi kechgan oʻyinda nishonladi. U 90 daqiqa harakat qildi va oʻyin 0:0 hisobida tugadi. Keyingi „Rayo Valekano“ bilan boʻlgan oʻyinda ham Varan asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi va 67-daqiqada oʻzining „Real“ safidagi birinchi golini kiritdi. Oʻsha oʻyin 6:2 natijasi bilan „Real“ foydasiga hal boʻldi. Ispaniya chempionatida u jami 9 ta oʻyinda ishtirok etdi, 7 marta oʻyinni toʻliq oʻtkazdi va 2 marta oʻyinning oʻrtalarida oʻyinga tushdi. U birorta ham kartochka olmadi. Chempionlar ligasida Varan 4 ta oʻyinda ishtirok etdi: 3 tasi guruh bosqichida va 1 tasi yarim final oʻyinida. Ispaniya kubogida Rafael jami 2 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Varan 17 yoshgacha Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan, lekin u rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan. 2010-yil 24-avgustda u 18 yoshgacha Fransiya terma jamoasi safida Daniyaga termasiga qarshi birinchi marta oʻyinga tushdi. U oʻzining debyut oʻyinida oʻz goli bilan jamoasiga yordam bera oldi[1]. 2011-yil 3-fevralida u Fransiya yoshlar terma jamoasiga Slovakiya bilan boʻladigan oʻyin uchun tarkibga chaqirildi[2]. U bu chaqiruvni oʻzi uchun katta syurpiz boʻldi deb izoh berib oʻtdi[3]. U slovaklarga qarshi oʻyinda 90 daqiqa harakat qildi, oʻyinning soʻnggida fransuzlar 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi[4].
21 yoshgacha Yevropa chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Varan 2013-yilda oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bahslarida Latviya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda debyut qildi. Fransiya 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Xuddi shu hisob bilan Ruminiya yoshlar terma jamoasi ustidan gʻalaba erishdi. Shuningdek, Varan mehmonda oʻtgan Ruminiyaga qarshi kechgan uchrashuvda, Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi bilan oʻtgan va Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvlarda ishtirok etdi. Soʻnggi oʻyinda u gol urishga erishdi. Shundan soʻng, fransuzlar yana bir marta Latviya yoshlar termasini oʻz maydonlarida yana 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Birinchi terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 9-avgust kuni Varan Fransiya terma jamoasining Urugvay terma jamoasiga qarshi kechuvchi oʻyinida qatnashadigan oʻyinchilar roʻyxatiga birinchi marta qoʻshildi. Bosh murabbiy Didye Deshamp Varan bilan birgalikda klubdoshi Karim Benzemani ham oʻyin roʻyxatiga kiritgan edi[5].
Erishgan natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ispaniya chempioni (1): 2011/12
- Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 5 may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropkubok | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | ||
Lans | 2010/11 | 23 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 | 0 |
"Lans"dagi jami | 23 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 | 0 | |
Real Madrid | 2011/12 | 9 | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 15 | 2 | 1 |
"Real"dagi jami | 9 | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 15 | 2 | 1 | |
Faoliyatida jami | 32 | 3 | 0 | 3 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 39 | 4 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Des débuts victorieux (2-0)“ (en). Fédération française de football (2010-yil 24-avgust). 2012-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-avgust.
- ↑ „Kakuta et Varane avec les Espoirs“ (fr). FIFA (2011-yil 3-fevral). 2011-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-avgust.
- ↑ „Varane: "Une énorme surprise"“ (fr). Fédération française de football (2011-yil 8-fevral). 2012-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-avgust.
- ↑ „France 3–1 Slovaquie“ (fr). Fédération française de football (2011-yil 8-fevral). 2012-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-avgust.
- ↑ „Varane called up to the French national team for the first time“ (fr). Real Madrid rasmiy sayti (2012-yil 9-avgust).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Real Madrid rasmiy saytidagi sahifasi
- LFP saytidagi sahifasi (Wayback Machine saytida 2011-02-17 sanasida arxivlangan) (frans.)
- L’Equipe saytidagi sahifasi (frans.)
- 25-aprelda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Fransiya futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- Real Madrid CF futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar Ligasi gʻoliblari
- Premyer-liga legionerlari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- 2018-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- Erkak futbolchilar